1

Yo`lovchi aeroportda nega 8 soat qolib ketdi? Bojxonachilar uning qing`ir rejasini fosh qildi

Jinoyat 13.08.2019, 10:40
Yo`lovchi aeroportda nega 8 soat qolib ketdi? Bojxonachilar uning qing`ir rejasini fosh qildi

“Toshkent-AERO” IBK Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari yirik miqdordagi qo`l telefonlarining yashirincha olib kirilishini fosh etishdi.

Parvozini yakunlaganiga 8 soatdan ortiq vaqt o`tsa-da, fuqaro R.M.ning aeroportdan chiqib ketishga harakat qilmasligi bojxona xodimlarini shubhalantiradi.

Qolaversa, ushbu yo`lovchi o`ziga tegishli 3 dona bagajlarning “Seul-Toshkent” reysi bo`yicha keltirilganligini tasdiqlovchi yorliqlarni olib tashlab, “Moskva-Toshkent” reysida keltirilgan boshqa bagajlardan olingan yorliklarni yopishtiradi.

Bu bilan go`yoki u Seuldan emas, boshqa shahardan kelayotgan yo`lovchidek taassurot qoldirishga urinadi.

Bojxonadan “qizil” yo`lak orqali o`tar ekan, ushbu yuklar xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, qiymati 250 mln. so`mlik 244 dona uyali telefonlar va 50 dona parfyumeriya vositalari bojxona nazoratidan yashirilgani fosh bo`ldi.

Ushbu holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1