1

Harbiylardan navbatdagi hayriya aksiyasi: “Hech kim mehr va e`tibordan chetda qolmaydi”

Jamiyat 13.08.2019, 10:36
Harbiylardan navbatdagi hayriya aksiyasi: “Hech kim mehr va e`tibordan chetda qolmaydi”

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugining Nukus garnizonida joylashgan harbiy qism va muassalarning harbiy xizmatchilaridan iborat faollar guruhlari O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yillik bayrami arafasida “Hech kim mehr va e`tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida hayriya aksiyasini boshladi.

Aksiyada ixtiyoriy ravishda ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar Nukus shahrida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand, kam ta`minlangan oilalarga, nogiron va yolg`iz keksalarga mehr ulashib, ular holidan xabar olishmoqda. Qo`lidan kelganicha moddiy va ma`naviy ko`mak berishmoqda.

– Ana shunday hayriya tadbiri orqali biz moddiy va ma`naviy jihatdan qiynalayotgan oilalar, nogiron va faxriylarimizga mehr-muruvvat ko`rsatish bilan bir qatorda o`sib kelayotgan yosh avlod qalbida boshqalarga nisbatan hurmat, e`tibor va g`amhurlik kabi olijanob fazilatlarni yanada shakllantirishga hissa qo`shamiz, deb umid qilganmiz, – deydi harbiy okrug qo`shinlari qo`mondoni o`rinbosari podpolkovnik Nuriddin Qodirov. – Hayriya aksiyasida ishtirok etishni faqat ixtiyoriy tarzda yo`lga qo`ydik. Bugungi kunga kelib uning ishtirokchilari soni oshib bormoqda. Harbiy xizmatchilarga qo`shilib ularning oila a`zolari ham faollik ko`rsatayotgani, albatta quvonarli hol.

“Savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak”, degan xalqona ibratni o`zlariga shior qilib olgan faol harbiylar hayriya tadbirlarini davom ettirishmoqda.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1