1

Turkmaniston hududidan o`tuvchi tranzit tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining yangi tartibi joriy qilinadi

Jamiyat 13.08.2019, 10:11
Turkmaniston hududidan o`tuvchi tranzit tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining yangi tartibi joriy qilinadi

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab, Turkmaniton Respublikasida ushbu mamlakat hududidan tranzit tarzida o`tuvchi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari bo`yicha yangi tartiblar joriy qilinmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

2019 yilning 1 sentyabridan boshlab, ushbu mamlakat hududidan tranzit tarzida o`tuvchi tovarlar haqida quyidagi ma`lumotlar taqdim etilmaganda, Turkmaniston bojxona xizmati tomonidan tovarlar tranziti uchun rusxatnomalar berilmaydi.

-yuklarni yuboruvchi va qabul qiluvchining nomi va joylashgan manzili;

-tovarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi mamlakat nomi;

-tovarlarni tashuvchining yoki ekspeditorning (ruxsatnomani ekspeditor olganda) nomi va joylashgan manzili;

-transport vositasi va uning haydovchisi;

-tovarlarning shakli, nomlanishi, miqdori va qiymati;

-tovarlarning vazni va hajmi;

-tovarlarni kodlash va nomlashning uyg`unlashtirilgan tizimi bo`yicha tasniflangan kodi (TIF TN);

-yuk o`rinlarining umumiy soni;

-tovarlar yo`llangan manzil;

-yo`ldagi yuk operasiyalari (tushirish, ortish, qayta yuklash va hk..);

-tovarlarni tashish muddati va harakatlanish yo`nalishi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1