1

Taqdirlash marosimidagi qiziq holat: O`zbekistonlik kinologlar uchinchi emas, ikkinchi o`rin bilan taqdirlandi

Jamiyat 13.08.2019, 10:03
Taqdirlash marosimidagi qiziq holat: O`zbekistonlik kinologlar uchinchi emas, ikkinchi o`rin bilan taqdirlandi

Moskva viloyatining Dmitrov shahrida Xalqaro armiya o`yinlari doirasida o`tkazilgan “Sodiq do`st” musobaqasi o`z nihoyasiga etib, unda vakillarimiz 3-o`rinni qo`lga kiritgani haqida xabar bergan edik. Ammo 11 avgust kuni bo`lib o`tgan taqdirlash marosimida qiziq bir holat bo`ldi. Ya`ni unda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan yurtdoshlarimiz 3-o`ringa emas, shohsupaning 2-o`rniga munosib ko`rildi.

Gap shundaki, yakunda O`zbekiston bilan Belarus jamoalari deyarli teng ball yig`ishgan edi. Shunga ko`ra, birinchi o`rinni Rossiya Federasiyasi, ikkinchi o`rinni Belarus va uchinchi o`rinni O`zbekiston jamoasi qo`lga kiritgani oydinlashdi. Ammo 11 avgustda bo`lib o`tgan taqdirlash marosimida mamlakatimiz nomidan qatnashgan shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Sodiq Dilmurodovning “Klift” laqabli xizmat iti bilan rekord o`rnatgani hakamlar hay`tining qarori o`zgarishiga sabab bo`ldi!

– Taqdirlash marosimi bo`layotgan payt bizni va Belarus jamoalarini ikkinchi o`rin sohibi, deya e`lon qilishdi, tabiiyki, biz bundan hayratga tushdik, – deydi vakillarimizga rahbarlik qilgan podpolkovnik Ulug`bek Jo`raev. – Keyin bildikki, o`sha rekordchimiz bizni uchinchi o`rindan ikkinchi o`ringa olib chiqqan ekan. Baribir yaxshi bo`ldi. Uchinchi o`rin esa o`z-o`zidan ballar hisobida bizdan keyinda kelayotgan Qozog`iston jamoasiga nasib etdi.

Kinologlarimiz va vatandoshlarimizni ushbu g`alaba bilan yana bir bor qutlaymiz.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1