1

Gonkongda parvozlar bekor qilindi

Dunyo 13.08.2019, 09:13
Gonkongda parvozlar bekor qilindi

Gonkongda davom etayotgan norozilik namoyishlari aeroport ish faoliyatiga ham o`z ta`sirini o`tkazmoqda. Hozirda aksariyat yo`lovchilar o`z manzillariga uchib keta olishmayapti. Bu haqda Euronews.com.nashri xabar berdi.

Bir necha kundan buyon minglab namoyish ishtirokchilari mintaqaning asosiy aeroportini egallab olishgan. Ular terminal binosida erga o`tirib olib, norozilik namoyishini o`tkazishmoqda. Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, aeroportga to`plangan namoyish ishtirokchilari soni 5 ming nafarga borib etgan. Namoyish ishtirokchilari shu yo`l orqali xalqaro hamjamiyat e`tiborini o`ziga qaratmoqchi. Xalqaro aeroport binosidagi namoyishlar sabab uchib ketuvchi reyslar bekor qilingan. Gonkong aeroporti dunyoning eng tig`iz jadvalli aeroportlardan biri hisoblanadi.

Bu erda sutkasiga 800 ta reysga xizmat ko`rsatiladi. Gonkongdagi norozilik namoyishlari iyun oyi boshidan buyon to`xtamayapti. Fuqarolarning ko`chalarga chiqishiga ekstradisiya to`g`risidagi qaror loyihasi sabab bo`ldi. Hozirda odamlar mintaqa rahbari Keri Lam ma`muriyati iste`fosini talab etishmoqda. Mahalliy aholi mintaqada Pekinning ta`siri kuchayib borayotganidan qattiq tashvishda ekanligini bildirmoqda. Hamda hudud rahbarligiga erkin saylovlar o`tkazilishini talab etishmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1