Majburiy ijro byurosi Oqqo`rg`on tuman bo`lim ish yurituvida, fuqarolik ishlari bo`yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining sud buyrug`iga asosan, qarzdor Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani yashovchi fuqaro E.To`laganovdan, undiruvchi N.To`laganova foydasiga ikki nafar voyaga etmagan farzandlari ta`minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati mavjud.
Ushbu ijro hujjatining ijrosi yuzasidan majburiy ijro harakatlari davomida, joriy yilning avgust oyida qarzdor otadan,undiruvchi ona foydasigavoyaga etmagan 2 nafar farzandlari 18 yoshga to`lgunga qadar xisoblangan 223 mln. 344 ming so`m aliment pullari undiruvchiga to`liq undirib berilgan.