1

Toshkentda I Xalqaro Gastronomik turizm festivali bo`lib o`tdi

Jamiyat 12.08.2019, 23:11
Toshkentda I Xalqaro Gastronomik turizm festivali bo`lib o`tdi

Toshkent shahrida "Gastro bazaar – 2019" fesivali bo`lib o`tdi. Yurtimizda gastronomik turizm yo`nalishini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mazkur festival O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Festivalda UNWTO, ICCA, Turkiya Oshpazlar uyushmasi hamda Turkiya Gastronomik akademiyasidan taklif qilingan xalqaro ekspertlar ham ishtirok etishdi.

Foto: M.Bekjonova


Rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan bo`lsak, gastronomiya va turizm o`rtasidagi aloqalar sayyohlar oqimini ko`paytirishga va ularning tashrif kunlarini uzaytirishga yordam beradi. O`zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida gap ketganda, xorijiy sayyohlar eng avvalo bizdagi qadimiy obidalar, xalqimizning mehmondo`stligi hamda o`zbek milliy taomlarini alohida tilga olishadi. O`zbek milliy taomlaridan bo`lgan palov YuNESKO nomoddiy boyliklari ro`yxatiga kiritilgan. Umuman olganda, sayyohlik sanoatining umumiy daromadlarida gastronomik turizmning ulushi 30 foizga etadi va bu ko`rsatkich o`sib bormoqda.

Foto: M.Bekjonova

O`zbek oshxonasini dunyoga tanitish maqsadida tashkil qilingan festivalda milliy restoranlar oshpazlari bilan birga chet ellik mashhur pazandalar, shirapazlar o`z san`atlarini namoyish qilishdi. Festivalning so`nggi kunida poytaxtimizning gavjum ko`chasida turkiyalik, xitoylik va boshqa davlatlardan kelgan muzqaymoq sotuvchilari qiziqarli hazillar bilan uyg`unlashgan o`ziga xos savdo qilish uslublarini ko`rsatishdi.

9-11 avgust kunlari davom etgan festival doirasida milliy taomlarni tayyorlash bo`yicha mahorat darslari, oshpazlar bellashuvlari, milliy liboslar yarmarkasi va boshqa ko`ngilochar tadbirlar bo`lib o`tdi.

Manzura BEKJONOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1