1

"Toshkent durdonalari" mobil ilovasi ishga tushirildi

Jamiyat 12.08.2019, 21:59
"Toshkent durdonalari" mobil ilovasi ishga tushirildi

O`zbekistonda juda ko`p madaniy boyliklar, tarixiy yodgorliklar, jahon sivilizasiyasi durdonalari mavjud. Biroq, chet tillarda ular haqida ma`lumotlar nisbatan kamroq.

“O`zbekiston-Germaniya” do`stlik jamiyati yangi loyihani amalga oshirmoqda. Uning doirasida “Toshkent durdonalari (ma`lumotnoma)” mobil ilovasi yaratilib, ishga tushirildi. Loyiha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondining granti hisobiga amalga oshirildi.

“O`zbekiston-Germaniya” do`stlik jamiyatidan ma`lumot berishlaricha, mobil ilova o`zbek, rus va nemis tillarida bo`lib, xorijlik mehmonlarni Toshkent shahrining boy tarixiy, madaniy boyliklari hamda mashhur me`moriy yodgorliklari, diniy obidalari, muzeylari va teatrlari bilan tanishtirish maqsadida yaratilgan. Dastur nafaqat xorijlik sayyohlar, balki Toshkentda sayr qilmoqchi bo`lgan har bir fuqaro uchun foydalidir.

Dastur android tizimidagi mobil qurilmalarda ishlashga mo`ljallangan bo`lib, oson yuklanadi. Undan foydalanishda esa internetga ulanish talab etilmaydi. Ilova bepul hamda asosiy ob`ektlar haqida zaruriy ma`lumotlarni tez topishda beminnat ko`makchi bo`lib xizmat qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1