Bojxonachilar tomonidan yil boshidan 11 ming litrdan ziyod spirt va alkogolli ichimliklarni noqonuniy olib kirilishiga chek qo`yildi

Jinoyat 10.08.2019, 18:37
Bojxonachilar tomonidan yil boshidan 11 ming litrdan ziyod spirt va alkogolli ichimliklarni noqonuniy olib kirilishiga chek qo`yildi

Ayrim turdagi tovarlarni bojsiz olib kirishning cheklangan me`yorlariga ko`ra, jismoniy shaxslar tomonidan O`zbekiston Respublikasiga alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo – 2 litrgacha olib kirishlari mumkin.

Alkogolli ichimlar aksiz markalari bilan qadoqlanadigan tovarlar sirasiga kirishi sababli, alkogolli ichimliklarni ushbu me`yorlarga amal qilmasdan ortiqcha olib kirganlik xolati bojxona qoidalarini buzilishi sifaida qaraladi. Shunga qaramay, hanuzgacha ayrim shaxslar tomonidan alkogolli ichimliklarni noqonuniy ravishda olib kirishga urinishlar ko`zga tashlanmoqda.

Quyida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan aniqlangan shu yo`nalishdagi bojxona qoidabuzarliklari haqida so`z boradi.

“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan Toshkent xalkaro aeroportida aniqlangan bojxona qoidabuzarligida Moskvadan uchib kelgan yo`lovchilardan biri 15 litr alkogolli ichimlarni yashirincha olib kirishga uringani fosh bo`ldi.

N.Sh. ismli ushbu shaxs aroq, martini, viski kabi 15 shisha ichimliklarni “yashil yo`lak”dan olib o`tishga uringan. Ularning umumiy qiymasti esa salkam 4 mln. so`mni tashkil qilmoqda.

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona posti orkali qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro I.A. boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasini ko`zdan kechirish davomida, avtomashina ichidagi elim idishlar bojxonachilarning diqqatini tortdi.

Qarangki, ushbu kanistralarning biriga 12 litr aroq, ikkinchiga esa 4 litr konyak quyilgani ma`lum bo`ldi. Xatto ishlab chiqarish yorlig`i mavjud bo`lmagan ushbu mahsulotlarning sifatiga kim kafolat beradi?

Mazkur postda muqaddam aniqlangan yana bir qonunbuzarlik holatida fuqaro B.B. boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasining yukxonasi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, yukxonaga bojxona xodimining og`zaki so`rovida aytilmagan, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan umumiy qiymati 36 mln. so`mlik, sig`imi 1 litrlik jami 36 dona “Jack Daniels” nomli viskilar ortilganligi aniqlandi.

Bu kabi holatlar Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo`l chegara bojxona postida ham ko`plab fosh etilmoqda.

Masalan, “Ufa-Toshkent” poezdi yo`lovchisi U.Sh. olib kirish ta`qiqlangan bo`lishiga qaramay, elim idishlarga qadoqlangan 10 litr etil spirtini olib kirishga uringan vaqtida to`xtatib qolindi.

“Moskva-Toshkent” poezdi vagonlaridan birida esa fuqaro N.J. yashirincha olib kirish uchun 2 turdagi 18 litr aroqlarni vagon hojatxonasiga yashirgani fosh bo`ldi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G`ishtko`prik” chegara bojxona postida fuqaro E.A qo`shni davlatdan kirib kelayotgan 24 nafar piyodalarni yollagan holda go`yoki shaxsiy foydalanish uchun niqobi ostida salkam 14 mln. so`mlik 131 shisha alkogolli ichimliklarni olib kirishga uringan ekan. To`xtatib qolingan 14 turdagi konya va aroqlarning umumiy hajmi esa 70 litrdan ziyoddir.

“S.Najimov” chegara bojxona postida aniqlangan yana bir holatda esa qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro S.U. boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasiga 52 shishada jami 32 litr viski va aroqlar yashirilganligi fosh bo`ldi. Bojxona nazoratidan yashirincha olib kirish vaqtida to`xtatib qolingan mazkur alkogolli ichimliklarning umumiy qiymati 12.2 mln. so`mni tashkil qilmoqda.

Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan Taxiatosh tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, A-380 avtomobil yo`lida harakatlanib ketayotgan “Folksvagen” rusumli avtomobil to`xtatilib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, ushbu avtoulov saloni va unga biriktirilgan tirkamasida chet elda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o`tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmagan qiymati 55 mln. so`mlik 181 dona shisha idishlardagi jami 179,8 litr alkogol (viski va konyak) maxsulotlari borligi aniqlangan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Raqamlarga murojaat qilsak, joriy yilning o`tgan davri mobaynida respublikamiz bojxonachilari tomonidan aniqlangan 361 ta bojxona qonunchiligi buzilishi holatlarida qiymati salkam 575 mln. so`mlik 11 ming 200 litrdan ortiq spirt va alkogolli ichimliklarning noqonuniy olib o`tilishiga chek qo`yildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1