1

Bojxonachilar 1 mlrd. 100 mln. so`mlik smartfonlarning noqonuniy olib kirilishini fosh qilishdi

Jinoyat 09.08.2019, 16:47
Bojxonachilar 1 mlrd. 100 mln. so`mlik smartfonlarning noqonuniy olib kirilishini fosh qilishdi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan xamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida qiymati 1 mlrd. 100 mln. so`mlik smartfonlarning noqonuniy olib kirilishi fosh qilindi.

Namangan shahrida fuqaro A.A.ning xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, hovlidagi “Kobalt” va “Neksiya 3” rusumli avtomashinalar saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va xech qanday xujjatlari bo`lmagan qo`l telefonlari borligi aniqlandi.

"RED MI” va “HUAWEI” brendi ostidagi mazkur smartfonlar jami 867 dona bo`lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra ularning umumiy qiymati 1 mlrd. 100 mln. 102 ming so`mni tashkil qilar ekan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1