1

Xitoyga "Lekima" super tayfuni yaqinlashmoqda

Dunyo 09.08.2019, 16:42
Xitoyga "Lekima" super tayfuni yaqinlashmoqda

Xitoy meteorologiya xizmati xavfning eng yuqori qizil darajasini e`lon qildi. Bu haqda Euronews.com.nashri xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, ayni damda “Lekima” super tayfuni mamlakat sharqiy sohilida joylashgan Chjeszyan provinsiyasiga yaqinlashib kelmoqda. Sinoptiklar super tayfun Shanxay hududidan ham o`tishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Bu vaqtda shamolning tezligi soatiga 160 km tezlikda esishi aytilmoqda. Qutqaruv xizmatlari sohil bo`yi hududlaridan 16 mingdan ortiq kishini evakuasiya qilishga tayyorgarlik ko`rmoqda.

Tabiiy ofat sababli qo`shni Tayvan oroliga aviaqatnovlar bekor qilindi. “Lekima” joriy mavsumda ro`y bergan eng kuchli to`qqizinchi to`fon bo`ladi. Sinoptiklar juma va shanba kunlari mamlakatning janubi-sharqiy hududlarida kuchli yog`ingarchilik va shiddatli shamol kuzatilishi natijasida suv toshqinlari kelib chiqish xavfi mavjudligidan ogohlantirishmoqda. Hozirda barcha kemalarga dengizdan qaytish tavsiya etilgan. Odamlarga esa xavfsiz joylarga qolish zarurligi aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1