1

Alimentchi ota 106 oylik aliment qarzdorligi sabab qamaldi

Jinoyat 09.08.2019, 15:54
Alimentchi ota 106 oylik aliment qarzdorligi sabab qamaldi

Fuqarolik ishlari bo`yicha M.Ulug`bek tumanlararo sudining 15.12.2014 yildagi sud buyrug`iga asosan qarzdor O.Klimovdan undiruvchi N.Chernishova foydasiga voyaga etmagan ikki nafar farzandlarining ta`minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Qarzdor O.Klimov to`lanishi lozim bo`lgan 13.890.450 so`m miqdoridagi aliment pullarini to`lamasdan, 13 oy davomida voyaga etmagan farzandlarini moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlagani uchun 2019 yilning 6 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy Javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 474-moddasiga asosan qarzdorga nisbatan 15 (o`n besh) sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Xuddi shunday, qarzdor A.Bazaleevning undiruvchi E.Vovk foydasiga voyaga etmagan bir nafar farzandining ta`minoti uchun ¼ qism miqdorida alimentdan qarzi 106 oy buyon o`z vaqtida to`lamaganligi sababli52.830.347 so`m miqdoriga etgan.

Alimentchi otaga nisbatan farzandlari uchun aliment pullarini to`lamasdan,moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlagani uchunO`zbekiston Respublikasi Ma`muriy Javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 474-moddasiga asosan qarzdorga nisbatan 15 (o`n besh) sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1