1

Sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni olib kirilishiga chek qo`yildi

Jinoyat 09.08.2019, 15:37
Sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni olib kirilishiga chek qo`yildi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat va alkogol mahsulotlarini respublikamizga noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklarini fosh qilishdi.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo`l chegara bojxona xodimlari yurtimizga kirib kelgan poezd yo`lovchilarining yuklarini belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazishdi.

Natijada fuqarolar S.B., R.R. va J.I. bojxona nazoratidan yashirin tarzda umumiy qiymati 30,2 million so`mlik 204 kg pishloq, 56 kg sariyog`, 12 kg qandolatchilik kremi tovarlarinimamlakatimizga olib kirishga uringanliklari aniqlandi.

Shuningdek, mazkur postningo`zida yana bir poezd yo`lovchilari qo`l yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, fuqaro M.A. salkam 58 litr alkogol ichimliklarini bojxona nazoratidan yashirincha olib kelayotganligi ma`lum bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, jismoniy shaxslarga respublikamizga temir yo`l o`tkazish punktlari orqali kirib kelishda 1000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi tovarlarni bojsiz olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo, bunda bojxona to`lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o`tishning miqdoriy normalariga rioya qilinishi lozim. Unga ko`ra, jismoniy shaxslar mamlakatimizga alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni 2 litrgacha, tamaki mahsulotlarini esa 10 ta qutigacha bojsiz olib kirishlari mumkin.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1