1

50 million so`mlik videoproektorlarni yashirincha olib o`tish rejasi chippakka chiqdi

Jinoyat 09.08.2019, 15:35
50 million so`mlik videoproektorlarni yashirincha olib o`tish rejasi chippakka chiqdi

Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan maishiy texnika tovarlarini noqonuniy olib o`tishga bo`lgan urinishlarga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportida videoproektorlarni noqonuniy ravishda olib o`tishga uringan fuqaro to`xtatib qolindi.

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan xorijdan uchib kelgan fuqaro M.A. ning yuklari belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada ushbu shaxs yuklari orasida bojxona nazoratidan yashirilgan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me`yoridan ortiq bo`lgan, umumiy qiymati 50 million so`mlik 12 dona videoproektorlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o`tamiz, jismoniy shaxslar xalqaro aeroportlar orqali o`z extiyojlari uchun 2000 AQSh dollari ekvivalentigacha bo`lgan tovar moddiy boyliklarini bojxona to`lovlarini to`lamagan holda olib o`tishlari mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1