1

BMT go`sht iste`molini kamaytirishga chaqirmoqda (Video)

Dunyo 09.08.2019, 11:13
BMT go`sht iste`molini kamaytirishga chaqirmoqda (Video)

BMT insoniyatga go`sht iste`molini kamaytirishga buning o`rniga esa meva-sabzavot iste`mol qilishni ko`paytirishga chaqirmoqda. Bu iqlim o`zgarishi jarayonlarining oldini olishga yordam beradi.

Bordi-yu, insoniyat kamroq go`sht iste`mol qilishni boshlasa, kimyoviy moddalar bilan erga kamroq ishlov bersa hamda o`rmonlarni himoya qilgan taqdirdagina, sayyoramizda havo haroratining global isishiga qarshi tura olishi va shu bilan birga yil sayin ortib borayotgan aholini oziq-ovqat bilan ta`minlash muammosini hal etishi mumkin. Mutaxassislarning fikriga ko`ra, ayni damda insoniyat chorvachilik bilan shug`ullanish uchun judda katta maydonlardan foydalanmoqda. Bu vaziyatda esa asosiy ustunlikni qishloq xo`jaligiga qaratish oqilona fikr bo`lardi.

Zero bu orqali ko`proq insonlarning qornini to`ydirish mumkin. BMT ning ta`kidlashicha, o`rmonlarni asrash insoniyat uchun yana bir ustivor vazifadir. Daraxtlarning kesilishi va erlarning yaylovlarga aylantirilishi, shuningdek palma yog`i ishlab chiqarish iqlim o`zgarishi jarayonlariga katta ta`sir ko`rsatmoqda. Mazkur jarayonlarda atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdori esa 15-20 % to`g`ri kelyapti. BMT ekspertlarining fikricha, sayyoramizda iqlim o`zgarishi jarayonlarni to`xtatishga mamlakatlar, yirik kompaniyalar, shuningdek har bir inson o`z hissasini qo`shishi mumkin.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1