1

Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi

Siyosat 09.08.2019, 09:25
Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 avgust kunining oxirida Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Muloqotda Qirg`izistonda tinchlik va barqarorlikni saqlash muhim ekani alohida qayd etildi. Qo`shni mamlakatdagi vaziyat amaldagi qonunchilik doirasida tez orada barqarorlashishiga umid bildirildi.

O`zbekiston-Qirg`iziston Davlat chegarasini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish masalalari bo`yicha yaqindan hamkorlik qilish hamda Chegarada ishonch choralari to`g`risidagi shartnomaga muvofiq uning xavfsizligini mustahkamlash zarurligi ta`kidlandi.

Suhbat yakunida davlat rahbarlari keng ko`lamli hamkorlikni yanada faol rivojlantirish, do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi intilishi qat`iy ekanini tasdiqladilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1