1

Tovar kodini almashtirish naf bermadi

Jinoyat 08.08.2019, 11:50
Tovar kodini almashtirish naf bermadi

Respublikamizga chetdan keltirilayotgan tovarlarning bojxona to`lovlarini hisoblashda ularning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasidagi kodlari muhim o`rin tutadi.

Mazkur kodlarning to`g`ri belgilanishi davlat byudjetiga undiriladigan bojxona to`lovlarining stavkalarini to`g`ri qo`llash va to`liq hisoblashga xizmat qiladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlangan navbatdagi bojxona qoidabuzarlik holatida esa aynan mazkur kodlarning noto`g`ri qo`llanilganligi fosh bo`ldi. Respublikamizdagi MChJlardan birining nomiga qiymati 28,3 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi kichik traktor keltiriladi. Uning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida esa yuk egalari bojxona xodimlariga boshqa ma`lumotlarni taqdim qilishadi.

Ya`ni, hujjatlarda tovarning kodini o`zgartirib, go`yoki traktor emas, uskuna keltirilganligi qayd etiladi. Shu zaylda ustomonlar 26 mln. so`mlik bojxona to`lovlarini to`lashdan bo`yin tovlashgan.

Ushbu qing`ir reja “Nukus” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan o`z vaqtida fosh qilindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1