1

Jo`natmalardagi psixotrop tabletkalar va narkotik moddalar o`z vaqtida to`xtatib qolindi

Jinoyat 08.08.2019, 11:48
Jo`natmalardagi psixotrop tabletkalar va narkotik moddalar o`z vaqtida to`xtatib qolindi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari xorijdan yuborilgan ayrim jo`natmalarda psixotrop tabletkalar borligini aniqlashdi.

Xususan, fuqaro Sh.X. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo`natmasi bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan, tarkibida psixotrop moddasi mavjud bo`lgan salkam 70 dona “Dexamol”, "Ambiem", "Lorivan" nomli dori vositalari borligi aniqlandi. Shunga o`xshash yana bir holatda fuqaro S.I. nomiga yuborilgan pochta jo`natmasida ham tarkibida psixotrop moddasi mavjud bo`lgan 130 dona "Acamol” va" Xanagis " nomli dori vositalari borligi ma`lum bo`ldi.

Fuqaro A.A. nomiga kelgan pochta jo`natmasi ham tekshirilganida jami 670 dona tarkibida psixotrop moddalari bo`lgan "Brotizolam Teva" va"Bondormin " nomli dori vositalari borligi fosh bo`ldi.

Shuningdek, fuqaro K.Sh nomiga yuborilgan pochta jo`natmasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazilganida oq kristallardan tashkil topgan modda borligi aniqlandi. Ekspertiza xulosasiga ko`ra, ashyoviy dalil sifatida olinganushbu kristallar tarkibida 1,84 gramm giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Amaldagi tartiblarga ko`ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni xalqaro pochta jo`natmalari orqali jo`natish taqiqlanadi. Taqiqlanganligiga qaramay, pochta jo`natmalari orqali tarkibida psixotrop moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini hamda narkotik moddalarni jo`natish holatlari hamon uchrayapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1