1

Yarim kilogramdan ortiq kumushlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo`yildi

Jinoyat 08.08.2019, 11:45
Yarim kilogramdan ortiq kumushlarning noqonuniy olib kirilishiga  chek qo`yildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G`ishtko`prik” chegara bojxona postida 3 ta holatda yarim kg.dan ortiq kumush taqinchoqlarning noqonuniy olib olib kirilishi oldi olindi. Ularning umumiy qiymati esa 17 mln. so`mdan oshadi.

Bu haqida Davlat bojxona qo`mitasi Telegramdagi rasmiy axborot kanali orqali ma`lum qildi. (https://t.me/customschannel)

Jumladan, qo`shni davlatdan piyoda holda kirib kelayotgan fuqaro B.M. belgilangan tartibda xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazildi. Natijada, uning oyoq kiyimi ichida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda aytilmagan umumiy qiymati 5,5 million so`mlik 186 gramm bo`lgan kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda esa respublikamizga kirib kelgan fuqaro E.D.ning qo`l yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, ushbu shaxs umumiy qiymati 5,7 million so`mlik 190 gramm kumushdan yasalgan turli zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirganligi fosh bo`ldi.

Fuqaro B.X. tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikka ham o`z vaqtida chek qo`yildi. Ya`ni ushbu shaxs yuklari orasiga 6 million so`mlik 202 gramm kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari yashirgan ekan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Amaldagi tartiblarga ko`ra, jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlarni bojsiz olib kirishning cheklangan me`yorlariga ko`ra, 65 gr.gacha og`irlikdagi qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini olib kirish mumkin.

Mazkur tartiblar haqida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan chegara-bojxona postlarida va chegaradosh hududlardagi mahallalarda uyma-uy yurib targ`ibot-tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shunga qaramay, jismoniy shaxslar tomonidannoqonuniy daromad orttirish maqsadida turli hiyla nayranglar asosida bojxona qoidalarini buzishga urinishlar ko`plab sodir bo`lmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1