1

Iyul oyi meteokuzatuvlar tarixida eng issiq mavsum sifatida qayd etildi

Dunyo 07.08.2019, 14:06
Iyul oyi meteokuzatuvlar tarixida eng issiq mavsum sifatida qayd etildi

Iqlimshunoslarning ta`kidlashicha, 2019 yilning iyul oyi meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq mavsum sifatida qayd etildi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Evropaning iqlim o`zgarishi jarayonlarini monitoring qilish xizmati ma`lumotlariga ko`ra, iyul oyidagi o`rtacha harorat 1981-2010 yillar davomidagi o`rtacha havo harorati ko`rsatkichlaridan 0,56 daraja yuqori bo`lgan. Iyul odatda yilning eng issiq oyi hisoblanadi. Biroq atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlarning yil sayin ortib borayotgani o`z navbatida haroratning ko`tarilishiga sabab bo`lmoqda. Buning ortidan esa havo haroratining issiqligi bo`yicha rekord ko`rsatkichlar qayd etilmoqda.

Mutaxassislar bergan ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning iyul oyidagi o`rtacha harorat, bundan avvalgi 2016 yilning ayni shu davrida qayd etilgan rekord ko`rsatkichdan Selsiy bo`yicha 0,04 darajaga yuqori bo`lgan. O`tgan oyda G`arbiy Evropada anomal jazirama kuzatildi. Aksariyat mamlakatlarda harorat bilan bog`liq mutloq rekord ko`rsatkichlar qayd etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1