1

​Shabnam Surayyo va Yulduz Usmonova Qurbon hayiti kuni Tojikistonda konsert beradi

Shou-biznes 07.08.2019, 11:43
Teglar: Yulduz Usmonova
​Shabnam Surayyo va Yulduz Usmonova Qurbon hayiti kuni Tojikistonda konsert beradi

Tojikiston va O`zbekiston mashhurlari Shabnam Surayyo va Yulduz Usmonova Tojikistonda konsert beradi. Bu haqda Shabnam Surayyo o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma`lum qilgan.

Hamkorlikdagi konsert Xo`jand shahridagi «Ravshan» restoranida 11 avgust kuni soat 19:00 da bo`lib o`tadi.

Eslatib o`tamiz, ular avvalroq «Taralla Dalli» qo`shig`ini duet tarzida ijro etgandi.

Ma`lumot o`rnida:

Qo`shiq musiqasini Yulduz Usmonova bastalagan. Qo`shiq tojik xonandasining internetdagi kanaliga joylangan. Ammo qo`shiqqa hali klip suratga olinmadi.


Shabnam:

— Bu o`zbek estradasi primadonnasi Yulduz Usmonova bilan uzoq kutilgan duetimizdir. Men uchun bu katta sharaf. Shunday ajoyib va ijodkor inson bilan duet aytganimdan xursandman.

Sharhlar

"Qo`shiq aytish muammo emas..." Yulduz Usmonova nega aynan retro qo`shiqlardan iborat konsert bermoqchiligini ochiqladi (video)

16.05.2022, 13:24

Mart oyida 15 kun konsert dasturini taqdim etgan Yulduz Usmonova 2 oy o`tib yana muxlislarini muhtasham saroyga chorlayapti. Bir yilda ikki marta va orasi ikki...
Yulduz Usmonovaning sudi da`vogar arizasiga ko`ra ko'rmasdan qoldirildi

29.07.2021, 17:47

Avvalroq, Yulduz Usmonovani Qoraqalpog`iston xalqi sudga bergani, xonanda betobligi sabab sudga bormagani haqida xabar bergan edik. Shundan so`ng Yulduz Usmonovaning sudi bo`yicha Toshkent shahar sudlari...
Yulduz Usmonova nega Koreyaga jo`nab ketdi?

02.08.2019, 15:11

O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Janubiy Koreyaga yo`l oldi. Xonandaning aytishicha, u turmush o`rtog`i va o`zining sog`lig`ini tekshirtirish uchun Koreyadagi klinikaga ketdi. Aniq sabablari haqida...
Qozog`iston IIV Yulduz Usmonova to`yda qo`riqchilar qurshovida kuylashi holati bo`yicha izoh berdi (video)

23.11.2018, 15:25

Qozog`istonda Yulduz Usmonova qo`shiq kuylagan vaqtda to`y tashkilotchilari qo`riqlash agentligi xodimlarini jalb qilgan. Shuning uchun sahna oldida qurollangan kishilar ko`p bo`lgan.“Turkiston viloyati Sariag`ash tumanidagi restoranlardan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1