Suv tarmog`idan qonuniy foydalanish zarur

Jinoyat 07.08.2019, 10:57
Suv tarmog`idan qonuniy foydalanish zarur

Majburiy ijro byurosi Rishton tuman bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.11.2017 yildagi “Suv ta`minoti va suv chiqarish xizmati ko`rsatish sohasida to`lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5241-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida, O`zbekiston tumanida yashovchi fuqaro M.Karimov Rishton va O`zbekiston tumanlari chegarasida joylashgan mevazorbog`iga umumiy magistraldan vodoprovod tarmog`iga yashirin ravishda hisoblagichsiz ulanib olinishi oqibatida, 22 mln. 322 ming so`mlik zarar etkazgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, huquqbuzar M.Karimovning “Suvoqava” davlat unitar korxonasiga etkazilgan 22 mln. 322 ming so`m zararni to`liq to`lab berishiga to`g`ri keldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1