Yurtimizda qizamiq kasalligi bilan bog`liq noxush vaziyat kuzatildimi?

Salomatlik 06.08.2019, 13:00
Teglar: Foto
Yurtimizda qizamiq kasalligi bilan bog`liq noxush vaziyat kuzatildimi?

Sog`liqni saqlash vazirligi axborot saytlarida tarqalgan “Samarqandda qizamiq tarqalmoqda” materiali yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti(JSST) xabariga ko`ra, Evropaning qator davlatlarida so`nggi ikki yil davomidaqizamiq kasalligi bo`yicha epidemiologik noxush vaziyat saqlanib qolinmoqda. Ushbu kasallikdan o`lim ko`rsatgichlari o`tgan yilda mazkur hududda 72 ta holatda qayd etilgan. Mutaxassislarning fikricha, ushbu holatning yuzaga kelishiga asosiy sabab – bu emlashdan voz kechish va natijada aholi orasida emlash bilan qamrab olish darajasining kamayishidir. Shuning uchun ham, 2019 yilda qizamiq kasalligi bo`yicha holat nafaqat Evropa,balki dunyoningboshqa mintaqalarida ham noxush vaziyat kuzatilmoqda.

2019 yil yanvardan 5 avgustgacha bo`lgan muddatda Samarqand viloyatida 419 ta holatda qizamiqqa gumon qilingan bo`lib, ulardan 29 nafarida kasallik tasdiqlangan. JSSTning xulosasiga ko`ra, mamlakatimizga qizamiq virusi boshqa davlatlardan kirib kelganligi tasdiqlandi. 2018 yilda respublika bo`yicha qo`shimcha profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar natijasida 22 310 nafar kishi qizamiq kasalligiga qarshi emlandi.

Samarqand viloyatida kasallikni kelib chiqishining asosiy sababi ham qizamiqqa qarshi emlanmaganchet ellik fuqarolar bo`lgan.Aholi orasida ushbu kasalliknitarqalishining oldini olish va to`xtatish maqsadida ular bilan muloqotda bo`lgan 11101nafar shaxs emlangan. O`lim holatlari umuman qayd etilmagan.

Shuni ta`kidlash joizki, O`zbekiston Respublikasiga 2017 va 2018 yillarda JSSTning “Qizamiq va qizilcha kasalligining eliminasiyasi” , ya`ni, ushbu kasalliklarning mahalliy tarzda tarqalishining to`xtatilganligi to`g`risida xalqaro sertifikati berilgan.Unga muvofiq,mamlakatimiz uchun indikator ko`rsatkichi 100000 nafar aholi soniga nisbatan 2 ta holatda kasallik tasdiqlanib, ro`yxatga olinishi mumkin. Hozirda bizda bunday holat kuzatilmayapti. Qolaversa, ayni paytda eliminasiyani, ya`ni qizamiq tarqalishining to`xtatilganlik holatini saqlab qolish borasida barcha sa`y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan ushbu kasallik tarqalishining oldini olish va o`choqlarini to`liq bartaraf etish maqsadida qo`shimcha ravishda 100000 doza qizamiq vaksinasi olinib, emlash uchun joylarga etkazildi. Shuningdek, qizamiq kasalligini o`z vaqtida aniqlash, tarqalib ketishining oldini olish va davolash hamda bolalarni vaksina profilaktikasi bilan qamrab olish maqsadida epidemiologik nazorat kuchaytirildi.

Bir so`z bilan aytganda, yurtimizda qizamiq kasalligining profilaktikasi va epidemiyaga qarshi kurash tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.Ushbu jarayonga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan alohida e`tibor, yillar davomida to`plangan tajriba va aniq tahlillar mazkur kasallikni eng past ko`rsatkichda ushlab turish hamda uni to`liq bartaraf etish imkonini bermoqda.

Sog`liqni saqlash vazirligi va JSST tomonidan ushbu tizimli tadbirlarning bajarilishi qat`iy nazoratga olingan.

Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.

Sharhlar

Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Vayron bo`lgan uylar, jarohat olgan odamlar va ularga yordam berayotgan xodimlar… Sergelida otgan mash`um tong (fotojamlanma)

29.09.2023, 00:10

Bugun, 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan...
Birinchi qor og`ushidagi Toshkent (fotoreportaj)

05.12.2022, 20:26

"O`zgidromet" bashorat qilganidek, O`zbekistonga qish 1 dekabrdan kirib keldi. Dam olish kunlari respublikada havo harorati keskin tushib, Nukusda -17 darajani, kuni kecha Navoiy viloyatida esa...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1