1

​Prezident tanbeh bergan hokimlar uzr so`radi

Jamiyat 04.08.2019, 22:31
​Prezident tanbeh bergan hokimlar uzr so`radi

Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 avgust kuni o`tkazgan videoselektor yig`ilishida Xorazm, Qashqadaryo va Farg`ona viloyatlaridagi shov-shuvli “snos” harakatlariga o`z munosabatini bildirgan va ushbu viloyatlar hokimlarini qattiq tanqid qilgan edi. Shu bilan birga, davlat rahbari uchala hokim Internet orqali xalqqa murojaat qilishini ta`kidlagan edi.

Shundan so`ng, 4 avgust kuni dastlab Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`aniev, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro`ziev hamda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov videomurojaat orqali xalqdan, Prezidentdan uzr so`rashdi.

Shuhrat G`aniev: “Xatoga yo`l qo`ydik...”

Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`aniev Rishton tumani aholisiga murojaat qilar ekan, hududdagi buzilish ishlari xato bo`lganini aytgan.

Ochig`ini aytaman, bu xato bo`ldi. Bunda avvalo viloyat hokimi sifatida meni juda katta aybim bor. Bunday xatolar O`zbekiston sha`niga, xususan, shunday ulkan bunyodkorlik ishlarini olib borayotgan davlat rahbari sha`niga putur etkazmasligi kerak. Sizlar bilan qo`pol muomalada bo`lingan bo`lsa, buning uchun shaxsan o`zim ta`zim qilib, uzr so`rayman. Lozim topsalaring, kechiringlar, - degan G`aniev.

Viloyat hokimi “snos”lar masalasida xatolarga yo`l qo`ygani uchun viloyat qurilish boshqarmasi boshlig`i, Rishton tuman hokimi, uning ikki o`rinbosari, kadastr, soliq idorasi mas`ullari ishdan olinganini ma`lum qilgan. Hozirda buzilayotgan markaziy dehqon bozori hududi avvalgi 25 sotix o`rniga 2 gektarga etgani, savdo nuqtalari soni esa 140 ta o`rniga 250 taga borishi, bozor yaqinida xalqaro avtovokzal qurilishini bildirgan.

https://t.me/c/1484501760/4053

Zafar Ro`ziev: “Yakkabog`da bo`lgan voqealar har birimiz uchun saboq bo`ldi”

Qashqadaryo viloyati rahbari Zafar Ro`ziev Yakkabog` tumani “Eski Yakkabog`” qo`rg`onchasida keng jamoatchilik vakillari, jurnalist, bloger hamda tadbirkorlar bilan uchrashdi.“Obod qishloq” dasturini amalga oshirishda yo`l qo`yilgan kamchiliklar,joriy yilning 21 iyul kuni “Eski Yakkabog`” qo`rg`onchasida sodir bo`lgan noxushvoqea yuzasidan o`z munosabatini bildirar ekan, hamyurtlarimizdan, jurnalist, blogerlar hamda tadbirkorlardan uzr so`radi.

Bu kabi holatlarning kelib chiqish sabablarini obdon tahlil qildim, xatolarimizni anglab etdim. Titrab, butun vujudim bilan javob izladim. Yanabir jihat bugungi kuntadbirkori bunda ikki – uch yil ilgarigitadbirkordan tubdan farq qiladi. Bugunning tadbirkori Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlardan qanday foydalanishni biladi, nega endi biz bu ishga sovuqqonlik bilan qarashimiz kerak.

U qancha mehnat, sarf-harajat evaziga oilasi, yashab turgan hududi farovonligi uchun hissa qo`shayotgan bir paytda nega endi unga to`g`anoq bo`lishimiz kerak? Uzoqni o`ylab, murosa-madora hamda bosiqlik bilan muammonihal etish o`rniga jizzakilik, qiziqqonlik qilish mana qanday oqibatlarga olib keldi. Yakkabog`da bo`lgan voqealar har birimiz uchun saboq bo`ldi.Har doim aholi bilan, ko`pni ko`rgan insonlar bilan kengashib ish yuritish kerakligini anglamoqdaman. Men viloyat rahbari sifatida hamisha tadbirkor manfaatini himoya qilishga, xalqimiz roziligi uchun xizmat qilishga tayyorman, - degan viloyat hokimi o`z so`zida.

https://t.me/c/1484501760/4054

Farhod Ermanov: “Sizlarning ko`p aziyat chekishlaringiz, qiynalishingizga sababchi bo`ldik”

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Ashxobod mahallasi ahli bilan uchrashib, bo`lib o`tgan ishlardan afsusdaligini aytgan.

Bugun juda afsusda, iztirob bilan sizlarning oldingizda turibman. Sizlar bilan boshlagan ishimizning yakunida, biz o`ylamay qilgan ishimiz natijasida, Ashxobod mahallasida yashayotgan juda ko`p aholi xonadonlarini ko`chiramiz, degan maqsadda sizlarning ko`p aziyat chekishlaringiz, qiynalishingizga sababchi bo`ldik. Albatta, bu erda men o`zimni aybdor, deb bilaman. Sababi agarda buni oldinroqdan rejalashtirib, hamma hisob-kitoblarini qilib, sizlar bilan hisoblashib qilganimizda bu voqealar bo`lmas edi... Biz tezroq yaxshiroq sharoitga ko`chiramiz, deb turib, o`ylanmay bosgan qadamimiz natijasida Ashxobod mahallasida yashovchi ko`pchilik xonadonlarimizga nafaqat moddiy, hatto sog`ligiga ham zarar keltirdik.

Bugun sizlarning oldingizda turib, sizlardan kechirim so`ramoqchiman. Bunday masalalarni o`ylamasdan qilishning keyini nimaga olib kelishini biz ko`rib, bilib, afsuslanib turibmiz, - degan hokim o`z murojaatida.

Ermanov bugundan boshlab hamma qilgan ishlarini yana bir marta sarhisob qilib, xato joylari bo`lsa, hammasini joy-joyiga qo`yishga so`z bergan.Bundan keyin qilinadigan ishlarning hammasini birinchi xalq bilan, qolaversa, yoshi ulug`lar, oqsoqollar bilan bamaslahat qilishga va`da bergan.

Ashxobod mahallasida 394ta xonadon bor edi. Bu 394ta xonadon 19 gektar maydonga joylashgan edi. Bugun mana shu 394ta xonadondan 78 xonadon egasi to`liq hisob-kitob qilganimizdan so`ng yashash uchun o`zlarining uylari bor ekanini aytib, bu erda uy qurmasligini bildirib, boshqa joylarga ketdilar. Qolgan 150ta xonadonga namunali uy berganmiz. Qolgan xonadonlarni qishning sovuq kuniga qolmasdan hamjihatlikda tez uylariga ko`chirib o`tkazib, xalqni rozi qilsak, shunda gunohimizni yuvgan bo`lamiz, deb o`ylayman, - deya qo`shimcha qilgan Xorazm hokimi.

Shuningdek, hokim yo`l qo`yilgan xato-kamchiliklar uchun Xorazm viloyati sanoatni rivojlantirish, qurilish-kommunikasiyalar bo`yicha hokim muovini, shahar hokimining qurilish bo`yicha muovini, shahar hokimiga xayfsan va prokurorga xayfsan berilgani ham aytgan.

https://www.facebook.com/hokimermanov/videos/26036...

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1