1

57 yoshli abiturient Nukus DPI musiqiy ta`lim yo`nalishiga imtihon topshirdi

Madaniyat 04.08.2019, 21:25
57 yoshli abiturient Nukus DPI musiqiy ta`lim yo`nalishiga imtihon topshirdi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining rasmiy telegram kanali xabariga ko`ra 33 yil stajga ega 57 yoshli abiturient Nukus DPI musiqiy ta`lim yo`nalishiga imtihon topshirdi.

U 1962 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasining To`rtko`l tumanida tavallud topgan, 1986 yildan buyon To`rtko`ldagi 42-son umumta`lim maktabida musiqa fanidan dars berib kelayotgan Nuratdin Abdullaev. 57 yoshli abiturient Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti musiqiy ta`lim yo`nalishi sirtqi bo`limiga kirish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etdi.

- O`rta ma`lumotliman. Nukusdagi san`at va madaniyat bilim yurtini tugatganman. Sal kam pensiya yoshiga etay deb qolgan bo`lsam ham oliy ma`lumotli bo`lish bir umrlik orzuim edi. Orzularim armon bo`lib qolmasligi, shuningdek, zamon bilan hamnafas bo`lish va o`z bilimlarimni yuksaltirish maqsadida o`qishga hujjat topshirdim, - deydi Nuratdin Abdullaev.

Akkardion musiqa asbobida o`zbek, qoraqalpoq, rus, hatto, hind musiqalarini ijro etgan Nuratdin og`a hay`at a`zolarida katta qiziqish uyg`otdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1