1

Xorazmda "Qovun sayli" festivali o`tkaziladi

Madaniyat 03.08.2019, 22:55
Xorazmda "Qovun sayli" festivali o`tkaziladi

An`anaviy Qovun sayli 11-13 avgust kunlari Xiva shahridagi “Ichan qal`a” davlat muzey-qo`riqxonasi hududida bo`lib o`tadi.

Xorazm qovunchiligini keng targ`ib qilish va bu orqali mahalliy hamda xorijiy sayyohlar e`tiborini jalb etish maqsadida Xiva shahrida har yili ayni qovun pishig`ida an`anaviy tarzda qovun sayli tashkil qilinadi. Ushbu festival hududga sayyohlar oqimini oshirish, vohaning qadimiy polizchilik tajribasini, shirin-shakar poliz va bog`dorchilik mahsulotlarining noyob tur va navlarini keng ommalashtirishga xizmat qiladi.

Joriy yilgi sayil doirasida bog` mahsulotlari (shaftoli, olma, uzum, nok va quruq mevalar) hamda qovun-tarvuzlar ko`rgazmasi ham tashkil etiladi. Bundan tashqari, mazkur ko`rgazma davomida folklor-etnografik guruhlar konsertlari, yosh estrada xonandalarining chiqishlari, teatrlashtirilgan sahnalar, hunarmandchilik mahsulotlari namoyishi ham o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1