Shavkat Mirziyoev Belarusning etakchi innovasion kompaniyalarini O`zbekistonga taklif qildi

Siyosat 02.08.2019, 12:24
Shavkat Mirziyoev Belarusning etakchi innovasion kompaniyalarini O`zbekistonga taklif qildi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Belarus Bosh vaziri Sergey Rumas hamrohligida "Belarus" yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishdi.

Ushbu park 2005 yilda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirishga qulay muhit yaratish, shu orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tashkil etilgan. 2014 yilda unga qator imtiyozlar berilib, faoliyat yo`nalishlari kengaytirilgan.

Bugungi kunda "Belarus" YuTP dasturlash, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun innovasion echimlar, konsalting va boshqa yo`nalishlarda etakchi markazlardan biriga aylangan. Bu erda ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarning 90 foizdan ziyodi eksport qilinmoqda, 67 mamlakat kompaniyalari ularning buyurtmachilari hisoblanadi.

Prezidentimizga Yuqori texnologiyalar parkida bank-moliya, tibbiyot, qishloq xo`jaligi, ekologiya va boshqa sohalar uchun yaratilgan innovasion echim va ishlanmalar haqida ma`lumot berildi.

Davlatimiz rahbari mazkur texnopark rezidentlari imkoniyatlarining O`zbekistonda taqdimotini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Texnologik hamkorlikni mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va tajriba almashish bo`yicha aloqalarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shu bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi nihoyasiga etdi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo`nab ketdi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1