1

Shavkat Mirziyoev G`alaba monumentiga gulchambar qo`ydi

Siyosat 01.08.2019, 09:44
Shavkat Mirziyoev G`alaba monumentiga gulchambar qo`ydi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi boshlandi.

Davlatimiz rahbari Minskka kelgach, an`anaga ko`ra, Belarus poytaxtidagi G`alaba monumentiga gulchambar qo`ydi.

Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul askarlarining tantanali marshi bo`lib o`tdi.

Tashrifning asosiy voqealari 1 avgust kuni bo`lib o`tadi. Mustaqillik saroyida O`zbekiston va Belarus Prezidentlari tor va keng doirada muzokaralar o`tkazadi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti imzolanishi, O`zbekiston va Belarus o`rtasidagi ko`p qirrali sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to`plami qabul qilinishi kutilmoqda.

Prezidentlar Minskda ochilgan O`zbekiston milliy sanoat ko`rgazmasiga tashrif buyuradilar. Tashrif dasturidan Belarus yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishish ham o`rin olgan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1