O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 31 iyul kuni rasmiy tashrif bilan Minskka keldi.
Minsk milliy aeroportida oliy martabali mehmonni Belarus Bosh vaziri Sergey Rumas, tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.