1

​Tasviriy san`at galereyasida “Kushon xazinasi” namoyish etiladi

Madaniyat 31.07.2019, 15:55
​Tasviriy san`at galereyasida “Kushon xazinasi” namoyish etiladi

Bugun Sevimli telekanalining foyesida Termizda «O`zbekiston — sivilizasiya va yo`llar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat» madaniy meros haftaligi doirasida keng ommaga havola etiladigan "Kushon xazinasi" ko`rgazmasiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Anjumani O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan, Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ko`magida tashkil etildi.

Ma`lum qilinishicha 22 avgust kuni Toshkentdagi O`zbekiston Tasviriy san`at galereyasida Kushon imperiyasi davriga oid noyob asarlar ko`rgazmasi o`z ishini boshlaydi. Mazkur ko`rgazma ko`p sonli olimlarning so`rovlariga binoan mustaqillik yillarida ilk bor keng omma e`tiboriga havola etilmoqda. Bu ko`rgazmadan I asrning o`rtalarida Markaziy Osiyo huhudida paydo bo`lgan, sirli ammo etarlicha o`rganilmagan qudratli Kushon imperiyasi davriga oid asori-atiqalar o`rin olgan. Ko`rgazma namoyishi 10 kun davom etadi.

–Yaqinda Termez shahrida arxeologik turizm furumi bo`lib o`tadi. Biz unda dunyo tarixidagi eng qudratli Kushon imperiyasi davridan qolgan madaniy boyliklarni namoyish qilmoqchimiz. Bu xalqaro forumga ko`plab xalqaro tashkilotlardan, dunyoning yirik muzeylaridan mehmonlar keladi. Ular Surxondaryodagi arxeologiya muzeyiga, Fayoztepa, Dalvarzintepa, yaqinda lokalizasiya qilingan Oks Aleksandriyasi yodgorliklariga tashrif buyurishadi. Xullas bu forum O`zbekistonning turizm salohiyatini keng targ`ib qilishga asos bo`ladigan, xalqaro tan olinadigan olamshumul voqea bo`ladi, yurtimizga sayyohlar oqimini jalb qilish bo`yicha yana bir bor imkoniyat yaratadi, – dedi Aziz Abduhakimov.

Shuningdek tadbirda «O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida» loyihasi rahbari Firdavs Abduxoliqov, Surxondaryo viloyati Turizmni rivojlantirish bo`limi bosh mutaxassisi Zebuniso Alimardonova, Termiz milliy universiteti dosenti Zokir Xoliqov, O`zbekiston Tasviriy san`at galereyasi direktori Jahongir Temirxo`jaev O`zbekistonning tarixiy va madaniy merosini asrash va tadqiq qilish borasida amalga oshirilgan va kelgusida qilinadigan ishlar haqida gapirib berishdi.

Manzura BEKJONOVA.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1