1

Mirjalol Qosimov qo`pol muomalasi tufayli jazolandi

Sport 30.07.2019, 10:29
Mirjalol Qosimov qo`pol muomalasi tufayli jazolandi

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bitta o`yinga Superligadan chetlatildi.

Superliganing 14-turi doirasidagi «Metallurg» – AGMK uchrashuvida ko`plab bahsli vaziyatlar ro`y berdi va muxlis-u mutaxassislarning bahs-munozalariga sabab bo`ldi. O`FA tartib intizom qo`mitasi ushbu uchrashuv yuzasidan yig`ilish o`tkazdi va o`yindagi barcha vaziyatlarni sinchkovlik bilan o`rganib chiqdi.

Natijada, AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullaevga ochiqchasiga e`tiroz bildirib, unga nisbatan qo`pol muomalada bo`lgani uchun Superliganing 1 uchrashuviga diskvalifikasiya qilindi va jarimaga tortildi.

Uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullaev ishida esa o`yin tizginini qo`ldan chiqarish, ko`plab xatolarga yo`l qo`yish kabi kamchiliklar aniqlandi. Ushbu holatlarni inobatga olgan holda tartib intizom qo`mitasi Nasibullaevni 4 uchrashuvga chetlatdi va jarimaga tortdi.

O`yinga har tomonlama professional darajada tayyorgarlik ko`rmaganligi aniqlangan ushbu hakam, shuningdek, qo`yi ligaga tushirildi.

O`FA hamda PFL hakamlar, murabbiy va futbolchilar, shuningdek, futbol uchrashuvlarida ishlaydigan barcha mas`ul xodimlarni professionallik, o`zaro hurmat hamda intizom normalariga qat`iy rioya qilishga chaqiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1