1

O`zbekiston Prezidenti Belarusga tashrif buyuradi

Siyosat 29.07.2019, 18:03
O`zbekiston Prezidenti Belarusga tashrif buyuradi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 2019 yil 31 iyul – 1 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo`ladi.

Oliy darajadagi O`zbekiston-Belarus muloqotining davomi sifatida Minsk shahrida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Prezidentlar Minskda O`zbekiston milliy sanoat ko`rgazmasi va Belarus yuqori texnologiyalar parki bilan tanishadilar.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti imzolanishi hamda O`zbekiston va Belarus o`rtasidagi ko`p qirrali sheriklikni, jumladan, investisiyalar, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik kooperasiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga, hududlar o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aloqalar o`rnatishga mustahkam asos yaratadigan salmoqli hujjatlar to`plami qabul qilinishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1