“Darakchi” – xalq bilan va xalq ichida!”

Madaniyat 25.07.2019, 10:46
“Darakchi” – xalq bilan va xalq ichida!”

Gazetamiz o`z maqsadidan kelib chiqqan holda kuni kecha 500 nafardan ortiq “Darakchi” mushtariylari uchun ajoyib bayram tadbirini tashkil etdi...

Poytaxtimizdagi “Chinobod” sihatgohida bo`lib o`tgan ushbu loyiha Istiqlol tantanalarining 28 yilligiga bag`ishlangan bo`lib, “Jonajon O`zbekistonim, mangu bo`l omon!” g`oyasi ostida o`tkazildi. Dastavval to`yga to`yona sifatida yig`ilganlarning har biriga “Darakchi”, “Darakchi+” va “Sug`diyona” gazetalari ulashildi. Shundan so`ng “Chinobod” sihatgohining yosh dam oluvchilari orasida o`tkazilgan rasmlar tanlovining 10 nafar g`oliblariga tashkilotchilarning esdalik sovg`alari taqdim etildi. Tadbir bir qator estrada xonandalari va so`z ustalarining musiqiy tuhfalariga ulanib ketdi. Shuningdek, gazetamizda berib borilayotgan “Darakchi”da Bingo” loyihasining maxsus ko`rinishi sifatida boshlovchi Parviz Fattoev yig`ilganlarga o`zining qiziqarli savollarini taqdim etib javoblar oldi. G`oliblarga “Darakchi” tahririyati hamda hamkorlar “NikaPharm” va “Zamona Rano” kompaniyalarining 40 dan ziyod esdalik sovg`alari ulashildi. Tadbirning eng qiziqarli jihatlaridan biri unda yuz bilan yuzlashganlarning faol ishtiroki bo`ldi. Dam oluvchilar orasida 100 yoshni qoralaganlar umrlarining so`nggi 20 yilini “Darakchi” bilan o`tkazishayotganligidan xursand ekanliklarini bildirishdi. Ularga ham “Darakchi” va hamkorlar tomonidan sovg`alar taqdim etildi. Bir so`z bilan aytganda “Darakchi” – xalq bilan va xalq ichida!” ekanligini yana bir bor isbotladi!

Sanjar G`ulomov: Aslida o`zim “Darakchi” gazetasi bilan tengdoshman.“Darakchi” men uchun qadrdon bo`lib ulgurgan. Tadbirda yoshi ulug` otaxonu onaxonlarimizning xursandchiligini ko`rib juda quvondim. Duogo`ylarimiz mehr bilan ham tashkilotchilarni, ham bizni duo qilishdi. Bugun hammamiz uchun unutilmas kun bo`ldi.

Dilafruz Hayitmatova: Bunday loyihalar hammamizni yanada jipslashtirishi turgan gap. Yurtimizning turli hududlaridan jam bo`lgan “Darakchi” gazetxonlarining a`lo kayfiyatini ko`rib ular bilan raqsga ham tushib ketdim. Haqiqatdan ham “Darakchi” xalq ichida ekanligi bugun yana bir bor o`z isbotini topdi.

Olim O`rozov: Kuglu umrni uzaytiradi deyishadi. Hazilomuz qo`shiqlarimiz bilan yig`ilganlarning kayfiyatiga kayfiyat ulashdik. Ular uchun ushbu oqshom unutilmas bo`ldi. Barchalari takror-takror minnatdorlik bildirishganidan buni payqash qiyin emas.

Shahzod Murodov: “Darakchi” deyarlibarcha sohalarni qamrab olganligi uchun ham mushtariylari ko`p deb o`ylardim. Aslida sevimli gazetamiz xalq ko`nglini qanday olishni ham biladi. Shuning uchun ham “Darakchi”ni yurtimizning barcha nuqtalarida va qo`shni mamlakatlarda ham sevib o`qishadi menimcha. Guvohi bo`lganingizdek, bugungi tadbirda ham ishtirokchilarning xursandchiligi cheksiz bo`ldi.

Husan: Avvalabor biz ijodkorlarni yurtdoshlarimiz bilan yanada yaqinroq bo`lishimizga sababchi bo`lgan “Darakchi” tahririyatiga minnatdorlik izhor etaman. Bugungi loyiha samimiyatga to`la bo`ldi. Gap faqat sovg`alar haqida emas, e`tiborda albatta. Qo`shiqlarimiz bilan yig`ilganlarning ko`nglini biroz bo`lsa-da olgan bo`lsak, juda ham xursandmiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1