1

O`zbekistonda zotdor mollarni ko`paytirish uchun tayyorlanayotgan sun`iy urug`lantirish vositalari eksport qilinadi

Iqtisodiyot 22.07.2019, 21:31
O`zbekistonda zotdor mollarni ko`paytirish uchun tayyorlanayotgan sun`iy urug`lantirish vositalari eksport qilinadi

Respublikamizda zotdor mollarni ko`paytirish maqsadida sun`iy urug`lantirish vositalari yuqori sifat va talab darajasida ishlab chiqilmoqda. Bu mahsulotlar hatto eksport uchun ham tayyorlanib, bemalol zamonaviy standartlarga javob bera oladi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasining mutasaddilari Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo`lib o`tgan anjumanda ma`lum qildi.

Abror Akbarov, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi o`rinbosari:

— Sun`iy urug`lantirish orqali, uchinchi avlodga kelib, naslli chorva etishtirish mumkin bo`ladi. Birinchi oddiy qoramol sun`iy urug`lantirilganda 25 foiz naslli zot tug`ilishiga erishilsa, uchinchi avlodda bu ko`rsatkich 75 foizni tashkil etadi.
Boshqa davlatlarda chorva nasllarini boqish va ko`paytirishda asosan yaylovlardan keng foydalaniladi, O`zbekistonda ham chorvachilikni rivojlantirish maqsadida yaylov maydonlarini kengaytirish ustida ish olib borilmoqda. Chorvachilikda ozuqa bazasini mustahkamlash uchun barcha toifa xo`jaliklaridagi asosiy maydonlarga jami 342,7 ming gektar ekin ekildi. Shu jumladan, 161,2 ming gektar beda, 50,5 ming gektar don uchun makkajo`xori, 123,1 ming gektar gilos va 7,9 ming gektar xashaki lavlagi ekinlari ekildi.

Mutasaddilarning so`zlariga ko`ra, chorvachilik sohasida xorij mamlkatlari bilan hamkorlik qilinadi. Jumladan, Turkiya bilan chorva mollarini identifikasiya qilish, Vengriya bilan parrandachilik sohasidagi loyihalarni amalga oshirish va Mongoliya bilan go`sht va go`sht mahsulotlarini import qilish masalalarida kelishuvlarga erishildi. Sun`iy urug`lar eksporti bo`yicha esa hozirda Afg`oniston va Tojikiston davlatlari mutasaddilari bilan muzokalar olib borilyapti.

Aytilishicha, hozirga qadar mamlakatimizga jami 280 ming bosh qoramol import qilingan. Xususan, 2019 yilda chetdan 48 ming bosh nasldor qoramol keltirish bo`yicha chora-tadbirlar belgilangan va bugungi kungacha 8 ming bosh nasldor qoramol keltirilgan.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi va uning tasarrufida “O`zbekchorvanasl” agentligi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni hamda 2019 yil 18 apereldagi “Chorvachilik tarmog`ini yanada rivojlantirish va qo`llab-quvvatlash tadbirlari to`g`risida”gi Qarori bilan tashkil etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1