1

Sog`liqni saqlash vaziri klinik o`lim holatidagi bolani qutqargan shifokorni mukofotladi

Jamiyat 22.07.2019, 16:33
Sog`liqni saqlash vaziri klinik o`lim holatidagi  bolani qutqargan shifokorni mukofotladi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan klinik o`lim holatidagi bola otalaringolog-shifokor tomonidan qutqarib qolingani tasvirlangan videolavhaning aholi tomonidan e`tirof etilishi fidoyi shifokorlarimiz mehnatiga berilgan munosib baho bo`ldi.

Mazkur jarayonda qahramonlik ko`rsatgan 41 yoshli shifokor Sergey Vladimirovich Tobias “Sog`liqni saqlash a`lochisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlanib, ushbu mukofot Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov tomonidan toshirildi.Vazir shifokorga mukofotni topshirar ekan, xalqimiz salomatligini asrashda tibbiyot xodimlarining o`rni nihoyatda muhimligini e`tirof etgan holda, bunda tajribali hamda o`z vazifasiga ma`suliyatgi soha fidoyilarining xizmati katta ekanini ta`kidladi.

O`z navbatida Sergey Tobias so`nggi yillarda tibbiyot rivojiga, tibbiyot xodimlarini qo`llab-quvvatlashga davlatimiz tomonidan alohida e`tibor qaratilayotgani sababli soha yanada rivojlanib, aholining sifatli va samarali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati kengayib borayotganini qayd etib, bundan buyon ham bor bilim va tajribasini insonlar salomatligini asrash yo`lida safarbar etishini ta`kidlab o`tdi.

Eslatib o`tamiz, Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan, poytaxtimizdagi xususiy shifoxonalardan birida faoliyat yuritib kelayotgan Sergey Tobias garchi reanimatolog bo`lmasa ham kasb mahoratini namoyish etib, klinik o`lim holatida olib kelingan 2 yoshli bola Umar Nurillaevni qutqarib qolgan. Shundan so`ngbemor 3-son bolalar klinik shifoxonasiga tez yordam mashinasida, shifokor ko`rigi ostida yuborilgan. Ushbu shifoxonada barcha davolash muolajalari amalga oshirilgan.

– Farzandimni qutqarib qolgan shifokordan judayam minnatdorman. Ota sifatida shifokorning bu fidoyiligini hech narsaga qiyoslay olmayman. Bu holat men uchun haqiqiy qahramonlik, – deydi 2 yoshli Umar Nurillaevning otasi Dilshod Razzoqov. – Ushbu jarayonda bitta shifokor timsolida minglab shifokorlarimizning ezgulikka boy faoliyatining mas`uliyatini, sharafini yanada chuqurroq his etdim. Tibbiyot sohasidagi jadal olib borilayotgan islohotlar ham bejiz emas. Buning ortida minglab insonlarning salomatligi, quvonchi mujassam ekan.

Ahamiyatli jihati, ikki yoshlik bolani hayotga qaytarayotgan voqealar tasvirlangan video minglab marotaba ko`rildi va ulashildi. Yuzlab internet foydalanuvchilari tomonidan shifokorning professional va insoniy sa`y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirildi. Aslida ko`pming sonli shifokorlarimiz faoliyatida bunday holatlar tez-tez uchrab turadi. Shu bois ham ularning har bir ish kuni qahramonlikdir.

Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1