1

Qo`ling bilan berib, oyog`ing bilan yugurib olasan

Jinoyat 20.07.2019, 20:55
 Qo`ling bilan berib, oyog`ing bilan yugurib olasan

Xalqimizda bir maqol bor “Qo`ling bilan berib, oyog`ing bilan yugurib olasan” bu gaplar ham bejizga aytilmagan. Ayrim yurtdoshlarimiz orasida qarz olib uni qaytarish vaqti kelganda esa turli bahonalar izlab, bergan lavzidan qaytishadi.

Z.Shofieva ham tanishaga yaxshilik qilaman deb qarz berib uni olishga kelganda esa turli joylarga murojaat qilishga majbur bo`ldi. Oxir oqibat Z.Shofievaning masalasi FIB Sherobod tumanlararo sudida ko`rib chiqildi. Sud Z.Shofievaning haqiqatdan uning tanishi Jo`raev Eldorga 50.675.000 so`m qarz berganini, ushbu qarzlarni yillar davomida qaytarmaganligi sababli bank foizi bilan ya`ni 58.438.185 so`mni majburiy tartibda undirishni belgilab berdi.

Mazkur sud qarorini ijro qilishlik uchun Majburiy ijro byurosining Angor tuman bo`limiga yuborildi. Byuroning tuman bo`limi tomonidan barcha undirish choralari ko`rildi, natijada E.Jo`raevdan undirilshi lozim bo`lgan 58 mln 438 ming 185 so`m to`liq undirilib Z.Shofievaga topshirildi.

Qarzdorligi to`liq undirilganidan Z.Shofieva Byuroga o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1