1

Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi majburiy mehnat keng tarqalgan hudud sifatida e`tirof etildi

Dunyo 19.07.2019, 10:16
Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi majburiy mehnat keng tarqalgan hudud sifatida e`tirof etildi

2018 yil yakunlariga ko`ra Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi majburiy mehnat eng keng tarqalgan hududlar sifatida e`tirof etildi.

Qullikning zamonaviy ko`rinishi sifatida e`tirof etiluvchi majburiy mehnatga jalb etish ko`rsatkichi ushbu mintaqalarda har ming kishiga 3.6 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Walk Free fondining hisobotida ma`lum qilindi. 2018 yili Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasida majburiy mehnatga jalb qilinganlarning 36 foizi katta miqdorda qarzdorligi bo`lgan kishilardir.

Xalqaro mehnat tashkiloti va Walk Free fondi hisob-kitoblariga ko`ra, 2018 yili sayyoramizda 40 mln.dan ortiq kishi majburiy mehnat ta`siri ostida bo`lgan. Deyarli 100 ta davlatda majburiy mehnat hanuzgacha jinoyat hisoblanmaydi. BMT tashkiloti 2030 yilga qadar majburiy mehnatni butunlay bartaraf etishni o`z oldiga maqsad qilgan. Biroq buning uchun hozirda etarlicha ishlar amalga oshirilmayapti. Bu ko`rsatkichga erishish uchun kelasi 10 yil davomida kuniga 10 mingga yaqin kishini majburiy mehnatdan ozod etish kerak bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1