1

Germaniyalik mutaxassislar yosh fermerlarni murabbiylikka tayyorladi (Foto)

Jamiyat 18.07.2019, 12:10
Teglar: Foto
Germaniyalik mutaxassislar yosh fermerlarni murabbiylikka tayyorladi (Foto)

2019 yilning 7 may kuni O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Germaniya Federasiyasining Xalqaro hamkorlik bo`yicha Jamg`arma kassalari fondi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi, “Agrobank”ATB, “Xalq banki” ATB va “Mikrokreditbank” AT banklari o`rtasida o`zaro hamkorlik kelishuvi imzolangan edi.

Mazkur kelishuvga asosan Germaniyalik mutaxassislar tomonidan O`zbekiston yosh fermerlari Kengashi va bank hodimlari murabbiy sifatida o`qitilishi belgilangan. Kelishuvning birinchi bosqichiga ko`ra birinchi seminar joriy yilning 20-24 may kunlari bo`lib o`tgan bo`lsa, ikkinchi seminarga 9 iyul kuni start berildi. 25 nafardan iborat O`zbekiston yosh fermerlari Kengashi va bank xodimlari 9-17 iyul kunlari davomida Germaniyadan tashrif buyurgan ilg`or mutaxassislar Natasha Mundinger va Birgit Flamma tomonidan o`qitildi.

O`qish jarayonida ishtirokchilarga turli xil biznes o`yinlar orqali ularning moliyaviy savodxonligini oshirish, jamg`arish (omonat) hamda kreditning afzallik va kamchiliklari, bank va iste`molchi o`rtasidagi aloqalarda Germaniya tajribasi, byudjetni rejalashtirish, tadbirkorlik yoki fermerlik faoliyatini boshlamoqchi bo`lgan yoshlar, yosh fermer, dehqon va tomorqa er egalari hayotida bankning o`rni hamda kreditdan to`g`ri va maqsadli foydalanish tartiblari amaliy misollar yordamida o`rgatildi.

Seminar yakunida xalqaro ekspertlar, loyiha koordinatorlari, bir guruh O`zbekiston yosh fermerlari kengashi a`zolari, bank xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Mashg`ulotlar davomida faol qatnashgan va yaxshi o`zlashtirgan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek, kelishuvning ikkinchi bosqichiga asosan, 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan Toshkent viloyatining Yoshlar markazida Jamg`arma kassalari fondi tomonidan “Yosh fermerlar innovasion markazi” ham o`z faoliyatini boshladi. Bu kabi markazlar yaqin kunlarda Jizzax, Samarqand viloyatlarida keyinchalik esa mamlakatimizning barcha viloyatlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1