1

Tehron Londonni qaroqchilikda ayblamoqda (Video)

Dunyo 18.07.2019, 12:03
Teglar: Video
Tehron Londonni qaroqchilikda ayblamoqda (Video)

Tehron Londonni qaroqchilikda ayblamoqda. Bunga sabab esa Gibraltarda Eron tankerining qo`lga olingani sabab bo`lmoqda. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Eronning oliy rahnamosi Ali Humayniyning ta`kidlashicha “Buyuk Britaniya Eron kemalarini o`g`irlamoqda va bu ishni qonuniy jihatdan oqlashga urinmoqda”.

Eslatib o`tamiz, 4 iyul kuni Eronning Grace 1 nomli tankeri AQSh so`rovi bilan Eron nefti sanksiyalarini chetlab o`tgan holda Suriyaga etkazib berayotganlikda gumon qilinib, qo`lga olingan edi.

Ushbu operasiyada Britaniya dengiz kuchlari harbiylari ishtirok etgan. “Barchasi oddiy va aniq , bu qaroqchilik. Albatta, Eron Islom Respublikasi bu kabi harakatlarni javobsiz qoldirmaydi. Biz kerakli vaqtda va tegishli joyda javob qaytarmiz”,- deb aytib o`tdi Ali Humayniy. Eron tashqi ishlar vazirligi mazkur holat yuzasidan Buyuk Britaniyaning Tehrondagi elchisiga norozilik bildirgan.

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1