1

Janubiy Osiyo mamlakatlarida kuchli suv toshqinlari kuzatilmoqda

Dunyo 16.07.2019, 09:38
Janubiy Osiyo mamlakatlarida kuchli suv toshqinlari kuzatilmoqda

Musson yomg`irlari Janubiy Osiyo mamlakatlarida kuchli suv toshqinlarni keltirib chiqarmoqda. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Tabiiy ofat hozirga qadar 80 dan ortiq inson umriga zomin bo`lgan. Nepal, Bangladesh va Hindistonning shimoli- sharqiy qismida kuchli suv toshqinlari va ko`chkilar ro`y bermoqda. Nepalda noqulay ob- havo sharoiti 55 nafar inson umriga zomin bo`lgani aytilmoqda. Yana o`nlab kishilar jarohatlangan, 30 dan ortig`i esa bedarak yo`qolgan, deb hisoblanmoqda. O`tgan hafta payshanba kunidan buyon davom etayotgan tinimsiz yog`ingarchilik oqibatida kelib chiqqan suv toshqinlari uylar, ko`priklar va yo`llarning vayron bo`lishiga sabab bo`lmoqda.

O`n minglab nepalliklar uy- joyini tashlab chiqishga majbur bo`lgan. Qo`shni Hindistonda ham og`ir vaziyat kuzatilmoqda. Mamlakatning 4 ta shtatidagi daryolar qirg`oqlaridan toshib chiqqan. Yarim millionga yaqin kishi xavfli hududdan evakuasiya qilingan. O`nlab kishilarning halok bo`lgani aytilmoqda. Qolaversa katta hududlardagi qishloq xo`jaligi ekinlari nobud bo`lgan. Bangladeshda esa 200 ga yaqin qishloqlarni suv bosgan. 500 mingdan ortiq aholi o`z uylarini tashlab chiqishga majbur bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1