Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov kecha, 12 iyul kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida professional ringdagi uchinchi jangini o`tkazdi.
Professional boksning ikkinchi yarim engil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga ko`tarilayotgan hamyurtimiz (2 ta g`alaba, 2 ta nokaut) o`zining navbatdagi jangini Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi «Qirol Abdulla Sport Siti» stadionida o`tkazdi.
4 raundga mo`ljallangan reyting jangida Zoirovga hindistonlik Sandib Singh Batti (1 ta g`alaba, 1 ta mag`lubiyat) raqiblik qildi. Jang to`liq davom etdi. Unda raqibini ochkolar hisobiga mag`lubiyatga uchratgan Shahobiddin professional boksdagi 3-g`alabasini qo`lga kiritdi.