Namangan, Qo`qon va Farg`onada yangi “Yulduzcha”lar saralanmoqda

Madaniyat 12.07.2019, 15:54
Namangan, Qo`qon va Farg`onada yangi “Yulduzcha”lar saralanmoqda

O`zbekiston Yoshlar ittifoqi, Yoshlar media markazi va “Mening yurtim” telekanallari tomonidan yosh iqtidor sohiblarini qo`llab-quvvatlash, ularning iste`dodlarini yuzaga chiqarish va mustaqil ijod yo`lini boshlashlariga ko`maklashish maqsadida 6 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun “Yulduzcha” va 16 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan yoshlar uchun esa “Men yulduzman” musiqiy televizion vokal tanlovi o`tkazib kelinmoqda. Yoshlar intiqlik bilan kutgan mazkur televizion vokal shoularining yangi mavsumi uchun saralash bosqichlari boshlandi. Bu gal tanlovning hududiy bosqichlari har bir viloyatning o`zida bo`lib o`tyapti.

Tanlov saralash bosqichlarining dastlabkisi Namangan viloyatidagi Yoshlar markazida bo`lib o`tdi.Jami 116 nafar iste`dodli yigit-qizlar 3 yo`nalishda, ya`ni an`anaviy ijro, akademik ijro va estrada yo`nalishlari bo`yicha o`z mahoratlarini namoyish etmoqda.

Qo`qon shahridagiYoshlar markazida ham 40 nafarga yaqin musiqasevar yoshlar “Yulduzcha” va “Men yulduzman” musiqiy televizion vokal tanlovida jam bo`ldi. Bugun esa Farg`ona viloyatidagi Yoshlar markazida 100 nafardan ortiq havaskor yoshlar tanlovning respublika bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritishga bel bog`lagan.Hakamlar hay`atining qatnashchilar ijro mahoratiga talabchanlik bilan yondashgani ishtirokchilarga katta mas`uliyat yuklamoqda. Tanlov hududiy bosqichlarining oxirgisi 10 avgustda Toshkent shahridagi bahs bilan yakunlanadi. Tanlov natijalari 15 avgustda e`lon qilinib, g`oliblar keyingi bosqichga yo`llanmani qo`lga kiritadi.

“Yulduzcha” va “Men yulduzman” musiqiy televizion vokal tanlovi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning chinakam amaliy namunasiga aylandi. Bu orqali yoshlarning san`atga bo`lgan qiziqishlari ortib, yangi iste`dodlar kashf etilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1