1

Universiada-2019: Hikmatilloh To`raev terma jamoamizga ikkinchi bronzani tuhfa etdi

Sport 06.07.2019, 10:28
Universiada-2019: Hikmatilloh To`raev terma jamoamizga ikkinchi bronzani tuhfa etdi

Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o`rtasida o`tkazilayotgan yozgi Universiada o`yinlarining ikkinchi kungi bellashuvlari doirasida terma jamoamiz vakillari yana bir medalni delegasiyamiz hisobiga qo`shib qo`yishdi.

-73 kilogramm vazn toifasida kurashgan dzyudochimiz Hikmatilloh To`raev Universiadaning bronza medalini qo`lga kiritdi. Yurtdoshimiz dastlab Latviya, keyin KXDR, Italiya vakillarini mag`lub etib, yarim finalda rossiyalik Evgeniy Prokopchukka imkoniyatni boy berib qo`ygan edi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa chernogoriyalik Marko Gusichni dog`da qoldirishga muvaffaq bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, kechagi kun bellashuvlarida boshqa bir dzyudochimiz Muhammadkarim Xurramov (+90 kg) ham shohsupaga ko`tarilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1