“Yulduzcha” va “Men yulduzman” teleshoularining saralash bosqichida ishtirok eting!

Madaniyat 03.07.2019, 14:39
“Yulduzcha” va “Men yulduzman” teleshoularining saralash bosqichida ishtirok eting!

O`zbekiston yoshlar ittifoqi “Yoshlar media markazi” hamda “Mening yurtim” telekanali Siz intiqlik bilan kutgan “Yulduzcha” va “Men yulduzman” televizion vokal shoularining yangi mavsumini e`lon qiladi. Ammo bu gal hammasi o`zgacha, saralash bosqichlari endi o`z hududingizdagi Yoshlar markazlarida o`tkaziladi.

Kastinglar qaerda va qachon bo`lib o`tishi bilan tanishing:

Joriy yilning 10 iyulida soat 11-00da Namangan viloyatida

11 iyul Qo`qon shahrida

12 iyul Farg`ona viloyatida

13 iyul Andijon viloyatida

17 iyul Guliston shahrida

18 iyul Jizzax viloyatida

19 iyul Samarqand viloyatida

21 iyul Navoiy viloyatida

23 iyul Buxoro viloyatida

25 iyul Xorazm viloyatida

27 iyul Qoraqalpog`iston Respublikasida

30 iyul Qashqadaryo viloyatida

1 avgust Surxondaryo viloyatida

5 avgust Toshkent viloyati Chirchiq shahri Yoshlar markazlarida hamda

9-10 avgust kunlari esa soat 11-00da Toshkent shahri Mirobod tumanidagi Yoshlar markazida bo`lib o`tadi.

“Yulduzcha” televizion shousida 6 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan iqtidorli o`g`il-qizlar, “Men yulduzman” televizion shousida esa 16 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan iste`dodli yigit-qizlar qatnashishlari mumkin.

Yo`nalishlar:

an`anaviy;

akademik;

hamda estrada ijrochiligi.

Shoshiling, oz fursat qoldi. Siz albatta, yulduz bo`lasiz.

Murojaat uchun telefonlar:

97 440 72 99,

99 898 12 93

Ijtimoiy tarmoqlardagi manzillarimiz:

Instagram- yulduzcha_my5

Telegram- @yulduzcha_uzbekistan

Facebook- @YulduzchaMY5

instagram- men_yulduzman_my5

telegram- @men_yulduzman

facebook- Men Yulduzman

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1