1

“Arshin mol olon” Jizzaxda

Madaniyat 02.07.2019, 12:07
“Arshin mol olon” Jizzaxda

"Diydor" teatr studiyasi ta`lim berishni va ijodni birgalikda uyg`unlashtiradigan,rejissyorlik va aktyorlik mahorati hamda teatr san`ati sohasiga mehr qo`ygan iste`dod egalarining tajriba-amaliyot darslarini tashkil etadigan, ularegallagan nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliyotda qo`llash hamda ko`nikmalarini shakllantirib borishga xizmat qiluvchi dargoh.

Teatr studiyasining badiiy rahbari O`zbekiston Respublikasi xalq artisti Bahodir Yuldoshev san`atga mehr qo`ygan yosh aktyorlarni o`z uslubida tarbiyalab, muqaddas sahna sir asrorlarini o`rgatib kelmoqda. O`ziga xos yo`nalishda ijod qiladigan ushbu teatr sahnasida ko`plab durdona asarlar sahnalashtirilgan. Shunday asarlardan biri ozar dramaturgi Uzeir Gajibekovning “Arshin mol olon” musiqiy spektaklining o`ziga xos namoyishi teatr ixlosmandlarining ko`nglidan joy olgandi.“Diydor” teatr studiyasi ushbu spektaklni respublikamizning ko`plab hududlarida namoyish etishdi, musiqiy asar jozibasidan ko`plab muxlislar bahramand bo`lishdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezdentining 2018 yil 28 noyabrdagi PK-4038-sonli qarorining 2.4-ilovasi 11-bandi ijrosi bo`yicha “Diydor yoshlar eksperimental teatr-studiyasi ” jamoasi 2019 yil 30 iyun kuni Jizzax viloyati musiqali drama teatrida ham bo`lib, Uzeir Gajibekovning “Arshin mol olon” spektaklini tomoshabinlarga taqdim etishdi. Spektakl muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Spektaklda bosh rollarni Yulduz Rajabova, Adiz Rajabov, O`lmas O`raev, Umar Jumaev, Jo`rabek Arziev kabi yosh va taniqli aktyorlar maromiga etkazib ijro etishdi.

Bir paytlar“Arshin mol olon” filmi millionlab tomoshabinlar ko`nglini zabt etgani barchaga ma`lum. Lekin asarning “Diydor” teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilganversiyasi hamtomoshabinni filmdan kam hayratga solmaydi. Har bir namoyishda teatrda bitta ham bo`sh qolmasligi ham shundan.

Dilfuza SOBIROVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1