1

Ravshan Ermatov: Nega endi futbolda korrupsiyaga yo`l qo`yib berish kerak?

Sport 29.06.2019, 12:00
Ravshan Ermatov: Nega endi futbolda korrupsiyaga yo`l qo`yib berish kerak?

Ayni daqiqalarda O`zbekiston futbol assosiasiyasi majlislar zalida matbuot anjumani bo`lib o`tmoqda. Unda O`FA vise-prezidenti vazifasini bajaruvchi Ravshan Ermatov, O`FA vise-prezidenti Shoakrom Isroilov hamda O`FA Bosh kotibi Avaz Maqsumovlar ishtirok etishyapti.

Anjuman avvalida Ravshan Ermatov o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

- Shu kungacha menga intervyu berish borasida juda ko`plab takliflar tushdi. Ammo, kimgadir intervyu berib, boshqalarning murojaatiga e`tiborsiz qarash adolatdan bo`lmasdi. Shuning uchun bugun matbuot anjumanida barchani qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berishga qaror qildik.

Ilk bor O`FA vise-prezidenti sifatida tanishtirilgan paytimda ham aytgandim, menga kabinetda o`tirib rahbarlik qilishdan ko`ra maydonga chiqib hakamlik qilish, o`yinni boshqarish osonroq. Lekin, bugungi futbolimizdagi og`riqli holatni ko`rib tomoshabin sifatida qarab turolmasdim.

Biz avvalo futbolimizga shaffoflikni olib kirishga harakat qilamiz. Shu maqsadda ichki chempionatlarimizda korrupsiyaga barham berish, kelishilgan o`yinlarda ishtirok etgan futbolchi va murabbiylar, klublar rahbarlariga nisbatan qattiq kurashamiz. Bugun yurtboshimiz jamiyatda adolatni qaror toptirish yo`lida astoydil intilayotgan ekan, nega endi futbolda korrupsiyaga yo`l qo`yib berish kerak? Bunga hech kimning haqqi yo`q!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1