1

Endi kurashda ham reyting tizimi joriy etiladi. Sinov-tajriba Osiyo qit`asidan boshlanadi

Sport 19.06.2019, 18:47
Endi kurashda ham reyting tizimi joriy etiladi. Sinov-tajriba Osiyo qit`asidan boshlanadi

Shu kunlarda Tailandning Pattayya shahrida kurash bo`yicha yoshlar o`rtasida VI Osiyo chempionati bo`lib o`tmoqda. Musobaqa doirasida bugun Osiyo-Okeaniya kurash konfederasiyasi (KSAO) III kongressi o`tkazildi. Unda qit`amizning 20ga yaqin davlati kurash federasiyalari vakillari ishtirok etdi.

Kongressda dastlab Tailand kurash assosiasiyasining prezidenti, yoshlar o`rtasida VI Osiyo chempionati tashkiliy qo`mitasi raisi Pulsak Sajathamnukul va Osiyo-Okeaniya kurash konfederasiyasi vise-prezidenti Mirzaquli Qurbonov mazkur musobaqani o`tkazish bo`yicha ko`rilgan tayyorgarlik ishlari haqida hisobot taqdim etdi.

Ta`kidlash lozim, dunyo sayyohlarining sevimli maskanlaridan biri hisoblanadigan Pattayya shahri mezbonlik qilgan VI Osiyo chempionati yuqori darajada tashkil etildi. Unda qit`amizning 20ga yaqin davlatidan 200dan ziyod yosh kurashchi g`oliblik uchun bahs olib borishmoqda.

DSC_6568.JPG

Kongressda Kurash xalqaro assosiasiyasi (IKA) texnik direktori Rizo Nosiriy so`zga chiqib, Osiyo qit`asi IKA oilasidagi eng yirik va qudratli konfederasiyalaridan biri ekanligini qayd etdi.

“Kurash xalqaro assosiasiyasi tomonidan dunyo kurashchilarining reyting tizimi joriy etilmoqda. Mazkur tizim sinov tariqasida Osiyo qit`asidan boshlanadi”, deb qo`shimcha qildi janob Nosiriy.

Yig`ilishda tashkiliy masala ham ko`rildi. Osiyo-Okeaniya kurash konfederasiyasining vise-prezidentlari Samsudin (Indoneziya) hamda Kim Eur Jong (Koreya Respublikasi) o`z lavozimlaridan ozod etildi.

DSC_6572.JPG

Kongressda Bangladesh, Laos va Qirg`iziston kurash federasiyalari Osiyo-Okeaniya kurash konfederasiyasi a`zoligiga qabul qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1