1

Endi maqsadli qabulga topshirish uchun o`sha hududning diplomi talab etilmaydi

Jamiyat 18.06.2019, 16:48
Endi maqsadli qabulga topshirish uchun o`sha hududning diplomi talab etilmaydi

Endi maqsadli qabulga topshirish uchun o`sha hududning diplomi talab etilmaydi, deya yozmoqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev.

2017 yildan boshlab tibbiyot yo`nalishlarida, keyinchalik agrar va qishloq xo`jalishi yo`nalishida ham maqsadli qabul asosida davlat granti bo`yicha o`qishga qabul qilish boshlangan edi.

Ilgari qoida bo`yicha, maqsadli qabulga topshirish uchun faqat o`sha hududdagi kollej-liseyda o`qigan bo`lishi kerak edi. Ya`ni navoiylik abiturient Navoiy viloyatiga ajratilgan maqsadli qabul uchun da`vogarlik qilmoqchi bo`lsa, u albatta kollej yoki liseyni Navoiyda tugatgan bo`lishi shart edi. Bunday taqiq birmuncha kulgili cheklovlarni keltirib chiqarar edi. Masalan, andijonlik abiturient Farg`ona tibbiyot kollejida o`qigan bo`lsa, unda u na Andijon bo`yicha, na Farg`ona bo`yicha maqsadli qabulga topshira olar edi. Bunday vaziyatda abiturient shunchaki tibbiyot yo`nalishida davlat grantida o`qish huquqidan avtomatik mahrum bo`lib qolar, faqat kontraktga da`vogarlik qila olar edi.

Nihoyat 27.04.2019 yildagi Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarori bilan maqsadli qabulga qo`yilgan ushbu taqiq butunlay bekor bo`ldi.

Bu nima degani?

Endilikda muayyan hududda doimiy yashaydigan (pasportdagi ma`lumot bo`yicha) istalgan abiturientlar, ular qaysi hududda tahsil olganidan qat`i nazar, maqsadli qabulga da`vogarlik qila oladi. Masalan, andijonlik abiturient Farg`onada o`qiganmi, Toshkentda o`qiganmi, Samarqandda o`qiganmi, farqi yo`q, endi u Andijon uchun ajratilgan maqsadli qabulga topshira oladi.

Demak, bunday buyon davlat grantiga kirish uchun barchada birdek imkoniyat paydo bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1