5 tashabbus haqida she`r o`qigan o`quvchiga Prezident sovg`asi – “Kobalt” avtomobili topshirildi

Jamiyat 18.06.2019, 16:31
5 tashabbus haqida she`r o`qigan o`quvchiga Prezident sovg`asi – “Kobalt” avtomobili topshirildi

5 tashabbus kashf etildi,

Yaratildi, etildi.

O`qildi Gulistonda,

Ish boshlandi Bo`stonda.

Ayni paytda Toshkent viloyati Bo`ka tumanida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus doirasida ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazilmoqda.

Bo`ston mahallasida bo`lib o`tayotgan mazkur tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi mas`ullari, O`zbekiston Fanlar Akademiyasi akademiklari, yozuvchi va shoirlar, elimiz ardog`idagi san`atkorlar ishtirok etmoqda.

7.jpg

12.jpg

Xabaringiz bor, joriy yil 1 iyun kuni Prezidentimiz Bo`ka tumanidagi Bo`ston mahallasiga tashrif buyurib, tumanda 5 ta tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan edi. Davlatimiz rahbari mazkur mahallaga tashrifi chog`ida hududda joylashgan 27-umumta`lim maktabining 2-sinf o`quvchisi Fazilat Yoqubova o`zining 5 tashabbus, deb nomlangan she`rini o`qib bergan edi.

Tadbir doirasida Fazilat Yoqubovaga Prezidentimiz sovg`asi – “Kobalt” avtomobili topshirildi. 19-Bolalar musiqa va san`at maktabiga ham Prezident sovg`asi – “Isuzu” avtobusi berildi.

15.jpg

6.jpg

Bo`ston mahallasi aholisi, yoshlarining O`zbekiston ilm-fan, adabiyot va san`at namoyondalari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Prezident sovg`asini Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi Rustam Xolmatov topshirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1