1

Maktabni oltin medal bilan bitirganlarga OTMga o`qishga kirishda imtiyoz yo`q. Kimlar ushbu imtiyozga ega?

Jamiyat 17.06.2019, 14:41
Maktabni oltin medal bilan bitirganlarga OTMga o`qishga kirishda imtiyoz yo`q. Kimlar ushbu imtiyozga ega?

Maktabni oltin va kumush medal bilan tamomlaganlar oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirishda imtiyozga ega abiturientlar ro`yxatida yo`q. Xo`sh, oltin va kumush medal bilan qanday o`quvchilar taqdirlanadi? Qaysi toifadagi abiturientlar ushbu imtiyozga ega?

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 fevraldagi “Umumiy o`rta ta`lim muassasalari va akademik liseylar bitiruvchilarini rag`batlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 154-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan “Umumiy o`rta ta`lim muassasalari va akademik liseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to`g`risida Nizom”da ushbu jihat belgilangan. Unga ko`ra, oltin medal maktablarning 9-sinfini bitirganlik to`g`risidagi a`lo darajali shahodatnomasi bo`lgan, 10- va 11-sinflarda yoki akademik liseylarning barcha kurslarida yakuniy, choraklik va yillik baholari a`lo bo`lgan, namunali bitiruvchilarga beriladi.

Kumush medal maktablarning 9-sinfini bitirganlik to`g`risidagi a`lo darajali shahodatnomasi bo`lgan, 10- va 11-sinflarda yoki akademik liseylarning barcha kurslarida yillik baholari a`lo bo`lgan namunali bitiruvchilarga beriladi. Taqdirlangan bitiruvchilar ro`yxati Xalq ta`limi vazirligining rasmiy veb-saytida e`lon qilinadi.

medal.jpg

Yuqoridagi Nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o`quvchilarga oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun imtiyozlar berilishi ko`zda tutilmagan.

KIMLAR OLIY TA`LIM MUASSASALARIGA O`QIShGA KIRIShDA IMTIYoZGA EGA?

Quyidagi abiturientlar oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirishda imtiyozga ega:

• Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari;

• xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g`oliblari bo`lgan bitiruvchilar;

• Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;

• «Mard o`g`lon» davlat mukofoti sohiblari;

• «Yilning eng yaxshi tarbiyachisi» respublika tanlovi g`oliblari;

• tibbiyot muassasalari hamshiralarining «Hamshira» respublika tanlovi g`oliblari;

• Badiiy akademiyaning tasviriy san`at bo`yicha respublika tanlovi g`oliblari;

• «Nihol» mukofoti sovrindorlari;

• O`zbekiston yoshlar ittifoqining respublika komissiyasi bergan tavsiyanoma sovrindorlari (pedagogika yo`nalishlariga);

• to`liq davlat ta`minotidagi etim bolalar;

• Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o`tab, harbiy tavsiyanomaga ega bo`lganlar;

• chet tilini bilish darajasi to`g`risida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abiturientlar;

• harbiy qism qo`mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega bo`lganlar;

• ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari;

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1